Volkswagen Passat avtomashinasining yangi avlodi sentabr oyida Frankfurt avtosalonida namoyish etilishi kutilmoqda. AutoBild tarqatgan xabarga ko‘ra, yangi avto oldingi Passat’lardan ancha farq qiladi.

foto: auto.mail.ru

foto: auto.mail.ru

Ma’lumotlarga qaraganda, avto yanada kattaroq ko‘rinishga ega bo‘ladi. Ko‘pchilikka ma’lum, Passat avtomashinalari ancha yillardan beri talab katta bo‘lgan ulovlar qatoriga kiradi. Yangi avlod ham oldingilari kabi talabgor bo‘lishi kutilmoqda.

Albatta, Passat dizaynida revolyutsion o‘zgarishni kutish yaramaydi. Nemislar  mashinaning tashqi ko‘rinishini odatda jiddiy ko‘rinishda bezashni ma’qul ko‘radilar. Passat’ning texnik ko‘rsatkichlarida ham o‘zgarish katta.

Passat an’anaviy ravishda benzin va dizel motorli ko‘rinishda ishlanadi. Bunga qo‘shimcha ravishda gibrid yuklamali bo‘lishi aytilgan (bu borada aniq ma’lumot hozircha yo‘q).