Ayni paytda ko‘pchilik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ixcham krossoverlarni ishlab chiqarishmoqda. Audi ham bundan mustasno emas.

foto: autoblog.com

foto: autoblog.com

Shtab kvartirasi Ingolshtadt shahrida joylashgan kompaniya vakillari Q3 modelidan salgina kichikroq krossoverni taqdim etishmoqchi. Yangi avto gibridli yuklamaga ega bo‘ladi.

Mashina yoqilg‘i va elektr bilan ishlovchi dvigatelga ega bo‘ladi. Elektr yordamida ishlovchi mashina 90 km yurishi mumkin. Yoqilg‘i masalasida esa, 100 km masofaga 1 litr sarflashi aytildi.