“Casual Cynic” nomli Tumblr ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchisi saytga ofitsiant onasini baxtiyor qilgan chek rasmini qo‘ydi.

tumblr.com

tumblr.com

Sirli xo‘randa Casual Cynic'ning onasiga 60.42 dollarlik taom uchun 1000 dollarlik choychaqa bergan.

Chekka o‘ta saxiy mijoz “Sizning Italiyaga biletingiz. Maza qiling!” deb qo‘shib ham qo‘ygan.

Tumblr’dagi o‘z blogida Casual Cynic, onasi o‘sha xo‘randa bilan Italiyani ziyorat qilish orzusi va ajdodlari florensiyalik bo‘lganligi to‘g‘risida suhbatlashganligini yozgan. Hozirda bu rasm va xabar tumblr foydalanuvchilari tomonidan 160 ming marta qayd etilgan. Casual Cynic chekdagi 42 sentlik kamomaddan xabardor va bu haqda: “Biz bu 42 sent haqida bilamiz. Uni qopladik”, — deb yozgan.

Siz bergan eng ko‘p choychaqa necha pul bo‘lgan? ;)