17-may kuni Buxoro shahrida Muloqot.Uz va “Daryo” jamoasi bilan taqdimot safarida bo‘ldik. Tadbirlarimiz tugaganidan so‘ng, qadimiy Buxoro shahrining bir qancha tarixiy inshootlarini ziyorat qildik. Quyida Ark qal'asi va zindonida olingan suratlar hamda biz his qilgan tuyg‘ular bilan boyitilgan fikrlarni sizlarga taqdim etamiz.

Ark qal'asi. Kirish yo‘li

Ark qal'asi. Kirish yo‘li

Qal'aning ko‘p qismi tarixda vayron qilingan bo‘lsa-da, hozirgi Ark hududi ham anchagina katta joyni egallagan.

Ark qal'asi. Yon tomonidan ko‘rinishi

Ark qal'asi. Yon tomonidan ko‘rinishi

Kirish darvozasi

Kirish darvozasi

Darvozadan kirsangiz, devorlar orasida o‘ziga xos muzey yaratilganiga ko‘zingiz tushadi.

[gallery columns="5" link="file" ids="8156,8157,8158,8159,8160"]

Ark ichida yurarkanmiz, o‘zimizni xuddi qadim zamonga tushib qolgandek his etardik.

Qal'a devorlaridan qadim zamon havosi sezilib turadi

Qal'a devorlaridan qadim zamon havosi sezilib turadi

Ark qal'asini “Shahar ichidagi shahar”  deb atashgan. Chunki, u o‘z davrida juda katta maydonni egallagan bo‘lib, taxminan 4 gektar yuzada joylashgan. Hamda, xuddi shaharlarniki kabi bozor, masjid, mehmonxona, ustaxona va ko‘chalardan iborat bo‘lgan.

Masjid. Hozir uning ichida diniy muzey bor

Masjid. Hozir uning ichida diniy muzey joylashgan

Qal'a ichidagi ko‘chalardan biri

Qal'a ichidagi ko‘chalardan biri

Bu kabi ko‘chalar hozir ham bir nechta bo‘lib, birinchi marta Arkni aylanayotgan odamning adashib qolishi ham hech gap emas.

Hovli. Aravalar

Hovli. Aravalar

Qal'a ichida amir va uning  xodimlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan bo‘lib, Qushbegi saroyi ham shu yerda bo‘lgan.

Majlislar saroyi

Majlislar saroyi

Shuningdek, hozirgi kunga kelib Ark qal'asi ichida bir qancha muzeylar ham tashkil etilgan.

Zinalardan yuqoriga ko‘tarilganda muzey bor

Zinalardan yuqoriga ko‘tarilganda muzey bor

O‘rta asrlar tarixi muzeyi

O‘rta asrlar tarixi muzeyi

Minbar. Juma masjidida imom va'z aytadigan joy. Yog‘och, o‘ymakorlik. Buxoro ΧΧ asrning boshi

Minbar. Juma masjidida imom va'z aytadigan joy. Yog‘och, o‘ymakorlik. Buxoro, ΧΧ asrning boshi

Xattot asboblari

Xattot asboblari

Bir vaqtlar qal'a ichida zindon ham bo‘lgan va xalq ko‘z o‘ngida qatllar ijro etilgan. Hozirda, zindon qal'adan tashqarida joy olgan.

Zindonbandlar saqlanadigan joyning eshigi

Zindonbandlar saqlanadigan joyning eshigi

Eshikdan ichkariga qarashingiz bilan qanaqadir qo‘rqinchni his etasiz. Chunki, uning ichida hali ham "zindonband"lar bor.

Qo‘g‘irchoq zindonbandlar

Qo‘g‘irchoq zindonbandlar

Chuqurligi 6,5 metr, aylanasi 5 metr bo‘lgan zindonda mahbuslarni kanalar yordamida qiynoqqa solishgan.

Zindon haqidagi yozma ma‘lumotlar

Zindon haqidagi yozma ma‘lumotlar

Zindon atrofidagi yo‘lak anchagina tor qurilgan bo‘lib, u binoning ikki yon va orqa tomonidan o‘tadi. Ayniqsa yo‘lakning burilimlaridan o‘tishda anchagina vahimani his etasiz.

Zindon xonalari atrofidagi yo‘lak

Zindon xonalari atrofidagi yo‘lak

Zindon hovlisidagi qabr va ochiq kaft aks etgan yog‘och haykal

Zindon hovlisidagi qabr va ochiq kaft aks etgan yog‘och haykal

Buxoroga bo‘lgan safarimiz chog‘ida nafaqat Ark qal’asi va zindonida, balki, Labi Hovuz, Minorai Kalon, Mir Arab madrasalari va hozirgi Buxoro bozorlarida ham bo‘lib qaytdik. Ular haqida boshqa reportajlarimiz orqali xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Xullas, ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi...