Londonda bo‘lib o‘tgan Sothby’s auksionida mashhur asar – “Garri Potter va falsafiy tosh” (Harry Potter and the Philopsopher’s stone) kitobi 150 ming funt sterlingga (227,4 ming AQSh dollari)ga sotildi.

04715587

Darakchi internet saytining xabar berishicha, muallif Joan Roulingning sharhi va suratlari ham kitob bilan birga taqdim etilgan. Kitob hoshiyalarida yozuvchi o‘z izohlarini qoldirgan, shuningdek uning 22ta illyustratsiyalari ham kitobdan o‘rin egallagan.

Foto: mir-fantasy.com

Foto: mir-fantasy.com

Garri ismli sehrgar haqidagi ushbu kitob 1997 yilda 500 nushada chop etilgan. Bu kamyob asarning yangi egasi kim ekanlogi hozirda sir tutilmoqda.

Mazkur auksionda jami 51 nafar britaniyalik mualliflarning dastlabki nashrlari ishtirok etgan.