Angliya Premyer Ligasi jamoalarining 2012-2013 yilgi mavsumda translyatsiyalardan olgan foydalari e’lon qilindi.

“Manchster Yunayted” rekordlar o'rnatishda davom etmoqda
“Manchster Yunayted” rekordlar o'rnatishda davom etmoqda

Unga ko‘ra, o‘zining 20-chempionligini nishonlagan “Manchester Yunayted” klubi 60,8 million funtlik foyda bilan ushbu ro‘yxatni boshqarib bormoqda.

Manchesterliklarning hamshaharlari bo‘lgan “Manchester Siti” 58,1 million funt foyda bilan translytasiya bo‘yicha ham ikkinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Londonning uch klubi – “Arsenal” klubi 57,1 millon funt, “Tottenhem” klubi 55,8 million va “Chelsi” klubi esa 54,9 million funt bilan keyingi o‘rinlarni band qilgan. Bu mavsumda Premeyer Liga o‘yinlarining translyatsiyasidan foyda ko‘rish bo‘yicha ro‘yxatning eng so‘nggi pog‘onasida ham London klubi “KPR” 39,7 million funt bilan o‘rin egallagan.

Ushbu raqamlarga e’tibor qilarkanmiz, bizni bir savol o‘ylantirdi: qachon bizning klublarimiz ham translyatsiyalardan foyda ko‘rarkan-u, biz bu haqda Daryo nashri orqali xabar qilarkanmiz? Nima deb o‘ylaysiz?