Oklaxoma shtatida sodir bo‘lgan tornado vayronkorlik darajasi bo‘yicha 1945-yili Yaponiyaning Xirosima shahriga tashlangan atom bombasini ortda qoldirdi, deya ta’kidlamoqda Amerika OAV vakillari.

Associated Press

Associated Press

“Oklaxomadagi Mur shahrini yer bilan yakson qilgan tornado Xirosimaga tashlangan atom bombasidan ko‘ra kattaroq kuchga ega bo‘lgan. Buni Associated Press agentligi tomonidan tashkil qilingan so‘rovda qatnashgan besh nafar bir-biridan mustaqil meteorologiya mutaxassislari ta’kidlashgan”, — deb yozadi Daily News.

Reuters

Reuters

13 dan 18 kilotonnagacha trotil (kuchli portlovchi modda) kuchiga ega bo‘lgan Little Boy (“Bolakay”) atom bombasi  1945-yilning 6-avgustida Xirosimaga tashlangan edi. Halok bo‘lgan odamlar soni turli manbalarga ko‘ra, 90 ming va 166 ming orasida bo‘lgan.

Reuters

Reuters

Oklaxomadagi tornadoda, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 24 tani tashkil qilmoqda. Shundan kamida 9 nafari yosh bolalar. Turli axborot manbalarida halok bo‘lganlar sonining turlicha ko‘rsatilishiga sabab shundaki, ba’zi qurbonlarni ikki marta sanagan bo‘lishlari mumkin.

Reuters

Reuters

Xabar berilishicha, Mur shahri hududida shamol tezligi soatiga 337 kilometrga yetgan. Meteorologlar tornadoni Fudjit shkalasi bo‘yicha eng yuqori o‘lchov kategoriyasi bo‘lgan F-5 bilan baholamoqdalar. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, u urushda qo‘llangan ilk atom bombasini 8 marta ortda qoldiradi.

Ushbu tabiiy ofat keltirgan zarar shtat sug‘urta agentligi tomonidan 1 milliard dollarga baholanmoqda. Oklaxoma aholisiga kuch va sabr tilab qolamiz!