Xabaringiz bor, Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo mavsum yakunlangach klubdan ketadi. Bu haqda klub prezidenti Florintina Perez matbuot anjumanida aytib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Joze Mourinyo

Joze Mourinyo

Ispaniyada nashr qilinuvchi Marca gazetasining internet nashri hisoblangan marca.com sayti “Real” ishqibozlari o‘rtasida o‘ziga xos so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnomada muxlislardan “Mourinyoning ketishiga kim sabab bo‘ldi?” degan savolga berilgan to‘rt variantdan biriga javob berishlari so‘ralgan edi.

marca.com sayti o'tkazgan so'rovnomadan skrinshot

marca.com sayti o'tkazgan so'rovnomadan skrinshot

Ushbu so‘rovnomaga e’tibor qaratsangiz, “Real” muxlislarining ko‘pchiligi “Mourinyoning klubdan ketishiga o‘zi sababchi bo‘ldi” degan javobni ma’qul ko‘rishganiga guvoh bo‘lasiz. So‘rovnomada ishtirok etgan 35489 muxlisdan  26127 nafari ya’ni 73,6 % fanat Mourning ketishiga portugaliyalik mutaxassisning o‘zi sababchi deb hisoblaydi. 7004 nafar (19,7 % )  muxlis Mourning ketishida klub futbolchilari aybdor deb hisoblasa, 1650 nafar (4,64 % ) muxlisning fikricha, natijalarning pastligi Mourga chiqish eshiklari ko’rsatilganiga sabab deb javob bergan. 708 nafar (2 % ) ishqibozlar tomonidan Florintina Peres ushbu voqega sababchi qilib ko‘rsatmoqda.

Yuqoridagi so‘rovnomadan kelib chiqib aytish mumkinki, “Real” ishqibozlarining aksariyati Mourning klubdan ketishiga futbolchilar bilan kelisha olmaslik, jamoadagi ichki muhitning buzilishi sabab deb hisoblaydilar.