Twitter mikrobloglar servisi 21-may seshanba kuni “Yangilash uchun torting” (Pull to refresh) funksiyasiga patent oldi, deya xabar berdi The Verge.

Android’dagi Twitter qo‘llanmasi

Android’dagi Twitter qo‘llanmasi

“Yangilash uchun torting”ni Loren Brixter – Twitter’ning mijoz dasturi Tweetie’ni ishlab chiqqan Atebites kompaniyasi xodimi ixtiro qildi. Twitter Atebites’ni sotib olganidan keyin Brixter mikrobloglar servisiga ishga o‘tgan edi.

Twitter, patent olgan bo‘lsa-da, ushbu funksiyadan foydalanayotgan boshqa kompaniyalar bilan sudlashmaslikka va’da berdi. Hozirda “Yangilash uchun torting” ko‘plab mobil qo‘llanmalarida, shu jumladan Facebook’da ham ishlatiladi.