AQShning Indiana shtatida 22-may kuni 4 ta maktab avtobusi to‘qnashib ketgan. Natijada 50 dan ortiq o‘quvchi jabrlangan. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

examiner.com

examiner.com

Halokatda jami 55 kishi jarohat olgan, shulardan 3 nafari avtobus haydovchilaridir. Ulardan birining ahvoli og‘ir deb xabar berilmoqda. Qolganlar yengil jarohat olgan.

Baxtsizlik Vavasi (Wawasee) aholi punktiga qarashli o‘rta maktab yaqinida sodir bo‘lgan. Avtobuslarda o‘qishdan uyga qaytayotgan 100 dan oshiq o‘quvchi bo‘lgan.

Halokat sababi hali aniqlanmagan. Fox 28 telekanalining xabar berishicha, avtobuslardan biri o‘quvchilarni tushirish uchun to‘xtagan. Shu vaqtda ikkinchi avtobus orqadan kelib urilgan. Bu yana ikki avtobusning ketma-ket kelib urilishiga olib kelgan.

Voqea joyida politsiya xodimlari ishlamoqda. Mutaxassislar esa avtobuslardagi texnik nosozliklarni aniqlash maqsadida tekshiruv olib bormoqda.