AQShning Vashington shtatidagi Maunt-Vernon shahrida 23-may kuni kechqurun Skajit daryosini kesib o‘tgan Interstate 5 avtomobil ko‘prigi qulab tushdi, deya xabar berdi Associated Press.

Mynorthwest.com

Mynorthwest.com

Halokat natijasida kamida ikkita mashina daryoga tushib ketgan. Voqea joyiga qutqaruvchilar yetib kelishgan. Jarohat olgan uch kishi zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan.

Interstate 5 — shtatning shimoliy va janubiy qismlarini bog‘laydigan asosiy o‘tkazuv ko‘prigidir. Uning qulashi sabablari aniqlanmoqda.