Turkmaniston poytaxti Ashhabod eng chiroyli oq marmartoshdan barpo etilgan shahar sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi. Ginnes rekordlari nashrining bosh muharriri Kreyg Glendeyl Ashhabodga tashrif buyurib, shu qarorga keldi, deb xabar qilmoqda Ria Novosti. Poytaxtda deyarli 540 oq marmartoshdan qurilgan bino mavjud va ular 22 kvadrat kilometr maydonni egallaydi.

prezidentskiy-dvoretsashhabad

Ashhaboddagi prezident qarorgohi.

Kreyg Glendeyl Ashhabod shahri hokimi Rejebgeldi Nurmammedovga tantanali Kengash chog‘ida rekordni tasdiqlovchi maxsus sertifikatni topshirdi. Bundan tashqari, Kengashda mamlakat prezidenti Qurbonquli Berdimuhammedovga “Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan arxitektor” faxriy unvoni berildi.

Ma’lumot o‘rnida: Ashhabod shahri shu kunga qadar 4 marta rekordlar kitobiga kiritilgan. Bu poytaxt avvalari dunyodagi eng baland bayroq (flagshtok – 133 metr), eng katta favvora majmuasi, yulduzlarning eng katta me’moriy tasviri (O‘g‘uzxonning teleminoradagi yulduzi) kabi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rin egallagan.