GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi Rossiyada yangi sedan – Gentra modelini taqdim etdi.

Foto: gentra-club.ru

Foto: gentra-club.ru

Chevrolet Lacetti platformasi bazasida yaratilgan mashina shahar ichida har 100 kilometrga mexanik uzatma qutisi bilan 8,46 litr, avtomatik uzatma qutisi bilan 9,46 litr yoqilg‘i sarflaydi.

Foto: gentra-club.ru

Foto: gentra-club.ru

C-klassdagi yangi mashinaga to‘rt slindirli DOHC dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, uning hajmi 1,5 litr. Dvigatel 105 ot kuchiga ega.

Foto: gentra-club.ru

Foto: gentra-club.ru

“Darakchi” internet nashrida qayd etilishicha, mashinaning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar asosan old tomon (kapot, chiroq, bamper, radiator panjarasi va tumanga qarshi chiroq) ga tegishli. Gentra avtomobili Yevro-5 ekologik standartiga javob beradi. Shuningdek, mashina old o‘rindiqli isituvchi tizim, konditsioner, himoya yostiqchalari, immobilayzer, ABS, CD-player, ruldagi tugmalar orqali masofadan turib audio tizimni boshqarish qurilmalari bilan jihozlangan.

Motor.ru saytining xabar berishicha, yangi avtomobilga buyurtmalar qabul qilish joriy yilning iyun oyidan boshlanadi. Lada Granta, Lada Priora mashinalari Gentraga raqobatchi avtomobillar sifatida ta’kidlanmoqda.