26-may kuni turistlarni olib ketayotgan avtobus avariyaga uchradi. Baxtsiz hodisa natijasida 16 kishi olamdan ko‘z yumdi. Bu haqda Associated Press mahalliy hokimiyatning ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

foto: cbc.ca

foto: cbc.ca

Milenio portalining axborotiga ko‘ra, avariya vaqtida 13 kishi vafot etgan, 20 kishi esa jarohatlangan. Vafot etganlarning yettitasi ayol kishi, ikki nafari yosh bola. Qurbonlar va jorahatlangan orasida chet elliklar bor-yo‘qligi haqida hech narsa ma’lum emas.

Yo‘l harakati hodisasi Idalgo shtatidagi trassada sodir bo‘lgan. Turistlar Santa Mariya Amayak (Santa Maria Amajac) shahridan poytaxt Mexikoga qaytishayotgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu halokatning yuzaga kelishiga avtobusning balloni qayrilib ketishi sabab bo‘lgan.