Skoda ayni paytda hamyonbop Rapid sportkarini seriyali tarzda chiqarishga jiddiy e’tibor bermoqda. Kompaniya Rapid Sport deya nomlanayotgan avtomobilning yangi suratlarini taqdim etdi. Ammo uning texnik imkoniyatlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

foto: gaadi.com

foto: gaadi.com

Esltib o‘tamiz, Rapid’ning maxsus versiyasi 2013-yil may oyining boshida Avstriya tyuning festivalida namoyish etilgandi. U ayni paytda butun Yevropa bo‘ylab sotilmoqda. Rossiya saytlarining xabar berishiga qaraganda, 2014-yilning boshida mashina bu davlat dilerlari tomonidan ham sotila boshlaydi.

Yangi avtomobil sport mashinalari uchun zarur bo‘lgan ko‘rinishlarni o‘zida jamlay olgan. Rapid Sport nomini olgan mashinasining qachon sotuvga chiqishi haqida ma’lumotlar berilmayapti.