29-may kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga mashhur shou-biznes vakillari va boshqa taniqli kishilar hamda tashkilotlarning haqiqiy akkauntini topishda ko‘maklashish maqsadida tekshirilgan (verified) sahifalarni ishga tushirdi, deya xabar berdi Facebook matbuot xizmati.

http://www.facebook.com/Selena

http://www.facebook.com/Selena

Endi mashhurlar ismlari yonida ko‘k rangdagi belgicha paydo bo‘ladi. Tekshirish jarayonidan “yulduz”lar, jurnalistlar, amaldorlar va ko‘p sonli foydalanuvchilar obuna bo‘lgan ommabop kompaniyalar o‘tadi. Haqiqiylik belgisi asta-sekinlik bilan qo‘yib boriladi. Ayni paytda qo‘shiqchi Selena Gomez, TechCrunch texnoblogi asoschisi Maykl Arrington va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev sahifalari bunday belgiga ega bo‘ldi.

Facebook akkauntlar haqiqiyligini tekshirish funksiyasini boshqa ommabop ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan kechroq ishga tushirdi. Twitter, Google+, ВКонтакте va Одноклассники anchadan buyon bunday belgichalardan foydalanib kelmoqda.