Ez qishlog‘i (Eze village) – Fransiyaning Nitssa shahridan to Monakoga olib chiqadigan yo‘l yaqinidagi tog‘da joylashgan.

1253519402_3

O‘rta asrlarda paydo bo‘lgan bu qishloqda ekzotikaga boy, tabiiy bog‘ mavjud.

1253519426_15

Qizig‘i shundaki,  tog‘ cho‘qqisida joylashgan shunday maskan borligini hattoki, ayrim fransuzlar ham bilishmaydi. Lekin Ezning go‘zal manzarasi va ajoyib tabiatiga hech qaysi bog‘ tenglasha olmaydi.

1253519442_14

Oradan necha yillar o‘tganiga qaramay, o‘zining tabiiy tarovatini yo‘qotmagan bu qishloq fransuz xalqining haqiqiy javohiriga aylandi.

1253519317_1

Ayrim tarixchilarning fikricha, bu ko‘hna qishloqning nomi qadimgi Misr xudolaridan biri hisoblanmish Izidaning nomidan kelib chiqqan. Boshqa tadqiqotchilarning aytishicha, bu nom lotincha “Avisium” (Rimda tog‘ kuzatish punktlarini shunday nomlashgan) so‘zidan olingan.

1253519345_7

Ma’lumotlarga qaraganda, Ez qishlog‘iga eramizdan avvalgi 600-yillarda asos solingan. Bu yerdagi har bir imorat o‘ziga xos buyumlar bilan bezatilgan.

1253519415_9

Ez qishlog‘iga tashrif buyuruvchi mehmonlar tor ko‘chalar bo‘ylab cho‘qqi tomon ko‘tariladilar va noodatiy binolar, g‘aroyib o‘simliklar, tabiiy botanika bog‘i, betakror tabiat manzaralarini tomosha qilishga muvaffaq bo‘ladilar.

1253519357_4

Ez qishlog'idagi kaktuslar bog'i.

Ez qishlog'idagi kaktuslar bog'i.

Bu joyda Ginnes rekordlari kitobidan joy olgan dunyodagi eng katta kaktus (balandligi 13 metr) ham bor.  Ayni damda Ez qishlog‘i o‘zining badiiy san’at galereyalari va do‘konlari bilan ham mashhurdir.

1253519468_21

Qishloqning tashqi tomondan ko'rinishi.

Qishloqning tashqi tomondan ko'rinishi.

Bugungi kunda Ez maskani ochiq samo ostidagi haqiqiy muzey, deya ta’riflanadi.