Dunyodagi eng ulkan ravoqli ko‘priklardan biri va Sidneyning eng diqqatga sazovor ziyoratgohi — Harbor-Bridj 80 yildan oshiq tarixi davomida ilk bora bo‘yaladi, deya xabar berdi Frans Press agentligi.

sydney.visitorsbureau.com.au

sydney.visitorsbureau.com.au

Harbor-Bridj 1932-yilda ochilgan bo‘lib, uning umumiy uzunligi 1,15 kilometrdan iborat. Agentlikning ta’kidlashicha, ko‘prikning po‘lat qurilmalari zanglash orqali qattiq shikastlangan.

Endi ko‘prikni yaxshi ta’sir qiladigan va yemirilib ketmaydigan bo‘yoq orqali yangilash ko‘zda tutilmoqda. Ko‘prikning 485 ming kvadrat metrga teng po‘lat yuzasi bo‘yaladi. Shu maqsadda 50 nafar tajribali bo‘yoqchi ishga yollanadi. Harbor-Bridjni bo‘yash ishlarining jami xarajati 20 million Avstraliya dollariga (19,2 million AQSh dollari) teng bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.