O‘zbekistonda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan “Har bir bolaga mehr, e’tibor!” maxsus haftaligi doirasida G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istrohat bog‘ida bayram tadbiri o‘tkazildi, deya xabar berdi O‘zA.

clouducation.wordpress.com

clouducation.wordpress.com

Bayram Toshkent shahar hokimligi, “Sen Yolg‘iz Emassan” Respublika jamoatchilik bolalar jamg‘armasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.

Ushbu tadbirga poytaxtimizda istiqomat qiladigan alohida ehtiyojli, kam ta’minlangan oilalar farzandlari, maxsus maktab-internatlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari taklif etildi.

Xayriya tadbiri doirasida bolalar badiiy jamoalari ishtirokidagi konsert, viktorina, asfaltga rasm chizish bo‘yicha ko‘rik, sport musobaqalari, sirk, qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari tashkil etildi. Ularda faol qatnashgan bolalarga sovg‘alar topshirildi.