Yana bir necha kunlardan so‘ng Konfederatsiyalar kubogi o‘yinlarini  qabul qiluvchi Barziliyadagi “Fonte Nova” stadioni tomining bir qismi qattiq yomg‘ir natijasida ko‘chib tushgan.

“Fonte Nova” stadionining umumiy ko'rinishi

“Fonte Nova” stadionining umumiy ko'rinishi

Xabarlarga qaraganda, plastik materialdan tayyorlangan stadion tomining ushbu qismi quruvchilarning e‘tiborsizligi natijasida teskari qilib o‘rnatilgan va yomg‘ir natijasida to‘planib qolgan suvni ko‘tarolmagan plastik material ko‘chib ketgan.

“Fonte Nova” stadioni ko'chgan tom qismi

“Fonte Nova” stadioni ko'chgan tom qismi

Stadion ma‘muriyatining aytishicha, “Fonte Nova” 15-iyun kuni boshlanadigan Konfederatsiyalar kubogiga tayyor holatda bo‘ladi va unda hech qanday muammo bo‘lmaydi.

Ma‘lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, “Fonte Nova” stadioni nemis firmalari tomonidan bunyod etilgan va uning qurilishi uchun  345 million dollar mablag‘ sarflangan. 50000 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladigan ushbu stadion 15-30-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi doirasida 20-iyun kuni Nigeriya – Urugvay, 22-iyun kuni Braziliya – Italiya, hamda 30-iyun kuni musobaqaning 3-o‘rin uchun bo‘ladigan bahslariga va keyingi yil o‘tkaziladigan Jahon chempionati hamda 2016-yilgi Olimpiyada o‘yinlariga mezbonlik qiladi.