Bugun yurtimizda ajoyib bayram – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Shu munosabat bilan, 1-iyun soat 8:00 dan boshlab, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining yangi “Bolajon” telekanali o‘z faoliyatini boshladi.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Bu telekanal asosan 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda qiziqarli bo‘lgan ko‘rsatuvlar, filmlar va multfilmlar efirga uzatilishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida: “Bolajon” telekanali “Yoshlar” YoAJ bazasida faoliyat yuritadi.