Umumyevropa lotereyasi hisoblanmish EuroMillions’da deyarli 95 million yevro yutib olgan Buyuk Britaniya fuqarosi ismi sir tutilishi istamoqda. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail gazetasi xabar bermoqda.

911588912

Yutuq egasi seshanba kuni kechqurun ma’lum bo‘lgan. Anonim g‘olib Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatida 908-raqam ostida qayd etildi. Taqqoslash uchun, uning yutug‘i xonanda Adel’ning boyligidan to‘rt barobar ko‘proq.

Ma’lumotlarga ko‘ra, EuroMillions’da britaniyaliklar shu paytgacha 4 milliarddan ziyodroq yutuqni qo‘lga kiritishgan.

Lotereya ilk bora 2004-yilning 13-fevral kuni, Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniya davlatlarida o‘tkazilgan. Oktabr oyiga kelib esa yana to‘rtta davlat — Lyuksemburg, Belgiya, Shvetsariya, Portugaliya, Irlandiya va Avstriya lotereyaga qo‘shilgan.

Ayni paytda bitta lotereya chiptasi ikki yevro turadi. Lotereyaning umumiy ishtirokchilari soni 200 million nafarni tashkil etadi.