Shahzodaning bolajonlarga bag‘ishlangan “Chiko” taronasiga klip suratga olindi.
Foto: shou-biznes.uz
Shou-biznes.uz saytining xabar berishicha, klipni tasvirga olish ishlariga Sanjar Matkarimov rejisyorlik qildi. Narimon Sultonxo‘jayev esa operator vazifasini o‘tadi.
Foto: shou-biznes.uz
Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, Shahzoda “Chiko” qo‘shig‘ini ilk bora yakkaxon konsert dasturida kuyladi va u muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Xonanda taronada jajji bolajonlarga bo‘lgan mehr-muhabbatni tarannum etgan. Yangi klip tez kunlarda telekanallarimiz orqali namoyish etiladi.