Hindistondagi G‘arbiy Bengal shahridan bir necha kilometr uzoqlikdagi Jalpagri tumanida Mahananda tezyurar yo‘lovchi tashuvchi poyezdi yo‘lni kesib o‘tayotgan fillarni urib yubordi. Natijada, fillardan uchtasi o‘sha zahoti, yana biri keyinchalik halok bo‘lgan.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Siliguri va Assam shaharlariga qatnovchi ushbu poyezd qatnovi to‘rt soatga kechiktirilgan va ushbu vaqt oralig‘ida relslardan halok bo‘lgan fillar olib ketilgan. Fillarni olib ketish uchun yaqin atrofdagi qishloq aholisidan tashqari maxsus ko’tarma kranlar ham yordamga chaqirilgan. Voqea natijasida poyezddagi yo‘lovchilarga hech qanday shikast yetmagan.

Fillarni poyezd yo'lida olish uchun ko'tarma kranlar chaqirilgan

Fillarni poyezd yo'lida olish uchun ko'tarma kranlar chaqirilgan

Shahar temir yo‘l stansiyasi rasmiysining so‘zlariga qaraganda, voqea fillar qo‘riqlanuvchi davlat o‘rmonlaridan uzoqda sodir bo‘lgan va fillarning belgilangan chegaradan chiqib ketganligi haqida temir yo‘l ma’muriyatini yoki mashinistni o‘rmon vakillari ogohlantirmagan.

Halok bo'lgan fillar

Halok bo'lgan fillar

Aytish mumkinki, aynan ushbu hududda bunday hodisa ikkinchi bor sodir etilishi va o‘rmon vakillari poyezd mashinistlaridan ushbu hududda past tezlikda harakat qilishlarinmi talab qilishmoqda.

Ma‘lumot o‘rnida aytib o‘tish joiz, bugungi kunda Hindistonda fillarning umumiy soni 26000 dan oshadi.