“Zebra” pirogi oddiy kunlarda ham, bayramlarda ham dasturxoningizga ko‘rk bag‘ishlaydi. Ushbu pishiriq yetarlicha yumshoq va mayin bo’lib pishadi. Shuning uchun kremga hojat qolmaydi. Bezak uchun shokoladli qiyom va yong‘oqning o‘zi kifoya.

f354-pirog-zebra (1)

Zarur masalliqlar:

  • 3 ta tuxum
  • 50 g margarin
  • 200 g smetana
  • 200 g shakar
  • 200-250 g un
  • 1 osh qoshig‘ida kakao kukuni
  • 2 choy qoshig‘ida yumshatgich (razrixlitel)

Qiyom uchun:

  • 50 g margarin
  • 2 osh qoshig‘ida smetana
  • 2 osh qoshig‘ida shakar
  • 2 osh qoshig‘ida kakao kukuni
  • 1 siqim yong‘oq mag‘zi

0

Tayyorlanishi:

Tuxum va shakarni yaxshilab aralashtiramiz. Aralashma oqarib, hajmi ko‘payishi kerak.

01

Eritib, sovitilgan margarin va smetanani ham aralashmaga qo‘shib, ko‘pirtirishda davom etamiz.

02

Yumshatgich va unni ham qo‘shib, yana aralashtiramiz.

03

Hosil bo‘lgan xamirning yarmini boshqa idishga olib qo‘yamiz. Qolgan yarmiga esa kakao qo‘shamiz.

04

Formani yaxshilab yog‘lab olamiz. O‘rtasiga oq xamirdan 2 osh qoshiq quyamiz.

05

Ustidan 2 osh qoshig‘ida kakaoli xamirdan quyamiz.

06

Shu tarzda xamirning hammasini formaga joylashtiramiz. 180 gradusda qizdirilgan duxovkada 30-40 daqiqa davomida pishiramiz.

07

Tayyor xamirni sovitamiz.

08

Qiyomni tayyorlaymiz. Idishga margarin, smetana, shakar va kakaoni solib, olovga qo‘yamiz.

09

O‘rta olovda qizdirib, qiyom tekis holga kelgunicha doimiy ravishda aralashtirib turamiz. Hali qaynamasidan turib, qiyomni olovdan olamiz va biroz sovitamiz.

10

Yong‘oqni maydalaymiz.

11

Qiyomni pirog ustiga qoshiq yordamida surib, uning ustidan yong‘oqni sepamiz.

12

Pirog tayyor. Yoqimli ishtaha!