Xitoyda tinimsiz yomg‘ir yog‘ishi oqibatida 386,3 ming mahalliy aholi jabr ko‘rdi. Sinxua axborot agentligining xabar qilishicha, Xubey viloyatidagi kuchli yog‘ingarchilik natijasida 5 kishi halok bo‘lgan.

Foto: the-day-x.ru

Foto: the-day-x.ru

Enshi, Ichan, Szinchjou shaharlarida esa yog‘ingarchilik darajasi 200 millimetrdan oshib ketdi. Shiddatli yomg‘irning yog‘ishi maktab va bog‘chalarga ham xavf soldi. 135 dan ortiq turar joy suv toshqini ostida qoldi, 2316 nafar kishi evakuatsiya qilindi. Syuan’en okrugida tahsil oluvchi 300 ga yaqin o‘quvchilar suv bosgan binolarda qolib ketishdi. Hozirda ularga qutqaruvchilar tomonidan yordam berish ishlari amalga oshirilmoqda.

TuprTh7kRoM

Kuchli yog‘ingarchilik Xitoyning janubi-g‘arbidagi viloyatlarga ham tahdid solmoqda. Bu yerda 36 ta uy qulagan. Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda havoning bundan ham yomonlashuvi kuzatilmoqda.