Sony kompaniyasi PlayStation 4 o‘yin uskunasi narxini e'lon qildi. AQShda bu qurilmaning narxi 399 dollarni tashkil etsa, Yevropada 399 yevroga baholandi.

versus

PlayStation 4 haqidagi rasmiy xabar joriy yilning fevral oyida e’lon qilingan bo‘lsa-da, qurilmaning so‘nggi dizayni 10-iyun kuni Sony kompaniyasining Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan anjumanida namoyish etildi. Qurilma 2013-yilning oxirida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, anjumanda yangi qurilmaning raqobatdoshi Xbox One’dan farqli tomonlari ham qayd etildi. PlayStation 4 da o‘yinchidan profil ochish talab etilmasligi va foydalanuvchilar o‘yinni erkin ayirboshlashlari yoki sotishlari mumkinligi alohida qayd etib o‘tildi.

Andrew+House+speaks+at+an+event+to+announce+the+Sony+Playstation+4

Sony bilan bir qatorda Microsoft kompaniyasi ham o‘zining shunga o‘xshash tadbirini o‘tkazdi. Microsoft vakillari Xbox One qurilmasining ham narxini e’lon qilishdi.

phpxbt3ir

Ularning ta’kidlashicha, Xbox One 499 dollarga sotuvga chiqariladi. Bu ikki mahsulot deyarli bir vaqtda – shu yilning kuzida do‘konlarda paydo bo‘ladi.