O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi dasturchilar uchun tanlov e’lon qildi, deya xabar berdi Uz24.uz sayti.

foto: durhamcollege.ca

foto: durhamcollege.ca

Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkaziladigan mazkur tanlov 2013-yil 13-iyundan 30-sentabrga qadar davom etadi. Tanlovda oliy o‘quv yurtlari talabalari va ixtisoslashgan kollej o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

Ushbu tanlov Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “O‘zbektelekom” AK va “Samsung Electronics” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan.

Tanlov kompyuter dasturlari, smartfon va smart televizorlar uchun dasturlar ishlab chiqish, shuningdek milliy kompyuter va mobil o‘yinlari ishlab chiqish kabi 8 ta nominatsiyani o‘z ichiga oladi. Uni onlayn rejimda o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Tanlovni tashkil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – yosh dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilarini rag‘batlantirishdir.