Bundan bir necha yillar oldin ko‘chada o‘z-o‘zi bilan gaplashib yuradigan “telbanamo” odamlar paydo bo‘lib qolganini hamma eslasa kerak. Hozirgi kunga kelib esa, bu “telbalik”ning asl sababi nimada ekanligini ham bilamiz. Zamonaviy olimlar yaratgan kashfiyot esa bu muammoni butkul bartaraf etadi.

1

Earzee kompaniyasi tomonidan kashf etilgan yangi vibratorli bilaguzuk-quloqchinlar yordamida siz endi o‘z-o‘zingiz bilan emas balki, kaftingiz bilan suhbatlashasiz. Sizga qo‘ng‘iroq qilishganida bilaguzuk-quloqchin vibratsiya orqali sizni ogohlantiradi.

2

Bluetooth'li quloqchin USB-kabeli yordamida quvvatlanadi va batareyasining quvvati 70 soatgacha yetadi. Kichkina bilaguzuk-quloqchin telefon qurilmasiga bluetooth orqali ulanadi.

5

Bu qurilma, ayniqsa sport uslubida kiyinadiganlar uchun juda qulay.

Tafsilotlari:

  • O‘lchami: 97×60×192 mm
  • Ishlash radiusi: 10 metr
  • Og‘irligi: 120 gramm

Umumiy xususiyatlari:

  • Cho‘ziluvchan va egiluvchan
  • Quloqchin quloqqa emas, barmoqqa taqiladi
  • Qo‘ng‘iroqqa darhol javob berish imkoniyati

Quyidagi qurilmalar bilan ishlatish mumkin:

  • iPad 4
  • iPhone 5
  • iPhone 4
  • iPhone 4S
  • iPhone 3GS
  • iPhone 3G
  • Samsung Galaxy S4
  • Samsung Galaxy S3
  • Samsung Galaxy S2
  • Samsung Galaxy S1
  • Samsung Galaxy Note
  • Samsung Galaxy Note II

Mavjud ranglar:

  • Qora
  • Ko’k

Narxi: 26.95 $ (Chakana savdoda)

Manba: allputer.com