Kecha Seulda Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi muhim o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan O‘zbekiston terma jamoasining taqdiri faqat o‘ziga bog‘liq emas. Ammo so‘nggi turda Qatarni 6:0 hisobida yuta olsak, har qanaqasiga jahon chempionatiga chiqamiz.

foto: i2.cdn.turner.com

foto: i2.cdn.turner.com

Fikr yuritishdan avval bir jihatni alohida ta’kidlashimiz kerak: jahon chempionati saralash bahslarida ochkolar soni teng kelib qolsa avvalo to‘plar nisbati (urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar)ga qaraladi. Qaysi jamoada shu natija yaxshiroq bo‘lsa, o‘zaro o‘yinlarda nima bo‘lganidan qat’i nazar, raqibidan teparoqqa joylashadi.

Ayni paytda terma jamoamizda 11 ochko bor. Janubiy Koreyada 14, Eronda esa 13 ochko mavjud. So‘nggi turda koreyslar o‘z maydonida eronliklarni qabul qiladilar. Bu o‘yinda maydon egalarinign g ‘alabasi biz uchun ayni muddao bo‘ladi. Agar bu o‘yinda durang bo‘lsa ham (hisobning ahamiyati yo‘q) va biznikilar Qatarni 6:0 hisobida mag‘lub etsalar, terma jamoamiz jahon chempionati yo‘llanmasini olishi aniq. Sababi ayni paytda Eronda to‘plar nisbati +5. Bizda esa +1. 6:0 hisobida yutsak terma jamoamizda bu ko‘rsatkich +7 bo‘ladi. Bu holatda Janubiy Koreya bilan jahon chempionatiga chiqamiz.

Jamoa

O‘

UG

O‘G

Ochko

KOR

7

13

6

14

IRN

7

7

2

13

UZB

7

6

5

11

QAT

7

4

8

7

LIB

8

3

12

5

O‘ — o‘yin, UG — urilgan gollar, O‘G — o‘tkzailgan gollar

Agar Janubiy Koreya oxirgi turda mag‘lub bo‘lsachi? Ularda ayni damda to‘plar nisbati +7.  Bitta gol farqi bilan yutqazishsa ham nisbat +6 ga tushadi. Biz Qatarni 6:0 ga yuta olsak +7 bilan koreyslardan o‘tib ketamiz va Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqamiz.

Xullas, Janubiy Koreya Eronni yutishini, yoki durang natija qayd etilishini kutishimiz shart emas. Oxirgi turga Qatarliklarni 6 ta gol farqi bilan yuta olsak, yo‘llanma bizniki. Hayotda imkonsiz ishning o‘zi yo‘q. Futbolchilarimizning o‘yinlar yaxshi chiqsa, ishqibozlar yetarlicha qo‘llab-quvvatlab turishsa, jahon chempionatiga aniq chiqamiz.

Olg‘a, yigitlar! Sizlar buyuk o‘zgarish ostonasida turibsizlar!