Google Glass – Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ko‘zoynakdir. Uni shu yil sotuvga chiqarish rejalashtirilgan. Ko‘zoynak ovozli buyruqlarni bajarishga qodir. Uning barcha imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun uni Wi-Fi yoki smartfoningizdagi uyali aloqaga ulash lozim. Google Glass haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish uchun uning asosiy funksiyalari bilan quyida tanishing:

Google Glass

Google Glass

Suratga tushirish

“Ok, Glass, take a picture” (Xo‘sh, Glass, suratga ol) buyrug‘i berilganida, ko‘zoynak avtomatik ravishda suratga tushira boshlaydi. Video yozish uchun esa tegishli buyruq berilsa kifoya. Shuningdek, Google Glass egalari Google Hangouts’da olingan rasmlar bilan bevosita bo‘lishishlari mumkin. Ushbu funksiyaning mohiyati shundaki, siz fursatni qo‘ldan boy bermagan holda, qo‘llaringiz yordamisiz suratga tushirishingiz mumkin.

Google qidiruv xizmati

foto: google.com

foto: google.com

Ovozli buyruq orqali foydalanuvchilar Google Glass’dan ma’lum obyektni aniqlab berishini so‘rashi mumkin.  U haqdagi axborot “old oyna”da namoyon bo‘ladi. Sayohat vaqtida esa aeroportdagi samolyot holati va yo‘nalishlar bandligi darajasi kabi ma’lumotlar doimo ko‘z oldingizda aks ettiriladi.

Qadam-baqadam navigatsiya

foto: google.com

foto: google.com

Boshqa navigatsion dasturlardan farqli o‘laroq, Google Glass harakat ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri ko‘z oldingizda bo‘lib turishini ta’minlaydi. Shuningdek, Google Maps’ning boshqa xususiaytlaridan ham foydalanadi.

Ovozli tarjimani amalga oshirish

foto: google.com

foto: google.com

Aytaylik, siz “Rahmat” so‘zining yapon tilidagi tarjimasini bilmoqchisiz. Unda Glass’ga “Xo‘sh, Glass, google’dan “yaponchada rahmat” deb izla” (Ok, glass, google say thank you in Japanese) degan buyruqni berishingiz kifoya.

Virtual eslatmalar

Google Glass’ning bu borada oddiy smartfondan farqi shundaki, u visual xususiyatga ham egadir. Masalan, ma’lum bir obyektga qarab, shu haqida eslatish buyrug‘i berilishi mumkin. Va albatta, eslatmalarni kalendaringizga kiritib qo‘yadi.

Glass orqali suhbat

foto: google.com

foto: google.com

Google Glass ham ovozli, ham video suhbatlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, aloqadagi suhbatdoshga o‘zingiz ko‘rib turgan barcha narsani ko‘rsatishingiz mumkin. Bu imkoniyatdan foydalanib, voqea joyidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reportaj olib borishingiz mumkin.

Imo-ishora orqali boshqaruv

Google o‘z ko‘zoynagini yuz va boshning oddiy harakatlari orqali boshqarishga moslashtirgan. Masalan, ko‘z harakati yordamida ekranni yoqish mumkin. Boshni engashtirish bilan esa ekranni “varaqlash” mumkin.