“O‘zbekiston pochtasi” OAJ tomonidan tayyorlanib, O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi tomonidan 2013-yil 5-iyunda “Buyuk Ipak yo‘li” turkumi muomalaga chiqarildi, deya xabar berdi O‘zbekiston pochtasi matbuot xizmati.

“Ota Darvoza XIX asr” (Xiva) marka bloki

“Ota Darvoza XIX asr” (Xiva) pochta bloki

Turkum 2 ta pochta markasi va 1 ta pochta blokidan iborat. Pochta markalarida XI-XIX asrlarda Buyuk Ipak yo‘lidan o‘tgan shaharlarning me’moriy yodgorliklari tasvirlangan. Pochta blokida esa, Buyuk Ipak yo‘li xaritasi tasvirlanib, yuqori qismiga lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosida “Buyuk Ipak yo‘li” yozuvi joylashtirilgan.

Pochta markalari va pochta bloki bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta markalarning o‘lchami 42x30mm. Pochta blokining o‘lchami 90x70mm.

Identifikatsiya raqamlari berilgan va nominallar o‘rnatilgan.

Pochta markalarning adadi 10 ming nusxadan.