So‘nggi yillarda ko‘plab davlatlarda maxsus sportkarlar yaratilmoqda. Slovenlarning Shayton Equilibrium, daniyaliklarning Zenvo ST1, Shveytsariyaning Weber F1 mashinalari bunga misol bo‘la oladi. Endilikda Gretsiya ham milliy sportkariga ega davlatlar qatoriga qo‘shildi.

foto: auto.mail.ru

foto: auto.mail.ru

Grek ixtirochisi va arxitektori Dimitris Korres shu kunlarda Gretsiyada taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Korres Project 4 avtomashinasini taqdim etdi. Mashina yetarli darajada ixchamligi bilan e’tiborni tortadi.

Mashinaning umumiy vazni 1,600 kg. Ushbu sportkarning soatiga 100 km tezlikka chiqishi uchun atigi 3,8 soniya yetarli. Maksimal tezlik esa soatiga 300 km.