Mayin va tvorogga xos nordonlik  mazasi bilan to‘yingan ushbu kekschalar oilangizning barcha a’zolariga birdek manzur bo‘lishi shubhasiz. Pishiriq uchun juda oz va arzon masalliqlar talab qilinadi. Shunday ekan, bunday kekschalarni tez-tez tayyorlab turishingiz mumkin.

f148-tvorojnye-keksy

Zaruriy masalliqlar:

  • 150 g un
  • 150 g shakar
  • 130 g tvorog
  • 70 g margarin
  • 2 dona tuxum
  • 0,5 choy qoshig‘ida yumshatgich (razrixlitel)
  • yuziga sepish uchun shakar upasi

0

Tayyorlanishi:

1. Margarinni biroz vaqtga sovitgichdan chiqarib qo‘ying. Yoki mikroto‘lqinli pechda biroz qizdirib, yumshoq holga keltiring. Yumshagan margarinni shakar bilan aralashtiramiz.

01

2. Hosil bo‘lgan aralashmaga tvorog va tuxumni ham qo‘shamiz.

02

3. Elangan un va yumshatgichni ham qo‘shib, mikser yordamida biroz ko‘pirtiramiz. Quyuq va silliq xamir paydo bo‘ladi.

03

4. Keks formalarini yog‘lab, xamirni solib chiqamiz.

04

5. 180 gradus issiqlikda qizdirilgan duxovkada 35-40 daqiqa davomida pishiramiz.

05

6. Tayyor kekschalar ustiga shakar upasidan sepib chiqamiz.

08

Tvorogli kekschalar tayyor. Yoqimli ishtaha!