Eron prezidentligiga saylovlarning so‘nggi natijasi 15-iyun kuni e’lon qilindi. Unga ko‘ra, reformatorlar vakili Hasan Ruhoniy Eron prezidenti etib saylandi, deya xabar berdi RIA Novosti. Bu haqda Eron Ichki ishlar vaziri Mustafo Muhammad-Najor jurnalistlarga axborot bergan.

foto: mashable.com

foto: mashable.com

50 million saylovchidan 37 millioni saylovda ishtirok etib, qatnashishning 72,7% bo‘lishini ta’minlagan.

Hasan Ruhoniy foto: al-monitor.com

Hasan Ruhoniy foto: al-monitor.com

“So‘nggi hisob-kitoblar natijasi bo‘yicha, Hasan Ruhoniy 18,613 million ovoz to‘plab, mamlakatning yangi prezidentiga aylandi”, - dedi Muhammad-Najor.