16-iyun kuni Dog‘istonning Boboyurt (Babayurt) tumanida o‘tkazilgan to‘y chog‘ida politsiya xodimi o‘q tegishi natijasida halok bo‘ldi, deya xabar berdi “Interfaks” axborot agentligi.

foto: trirub.com

foto: trirub.com

Katta serjant unvonidagi qurbon boshqa bir politsiyachi tomonidan otilgan va shifoxonaga yetkazilgach, vafot etgan. O‘t ochgan politsiya xodimi to‘y mehmoni bo‘lib, tantanali namoyishlar paytida havoga qarab o‘q uzgan, biroq o‘qlardan biri yo‘nalishini o‘zgartirib, avtomobilda o‘tib ketayotgan yo‘lovchiga tekkan.

Tergov qo‘mitasi xodimlari tasodifiy o‘q uzishdan halok bo‘lish versiyasini ushbu hodisa sababi sifatida qabul qilmoqda.

Har ikkala politsiya xodimi ham xizmat vazifasini bajarishdan tashqarida bo‘lgan. Halok bo‘lgan kishining to‘y mehmoni bo‘lgan-bo‘lmaganligi haqida xabar berilmagan. Ushbu voqeadan keyin to‘y tantanasi to‘xtatilgan.