AQSh dollarida aks ettirilgan mamlakat moliya vaziri Jek Lyuga tegishli imzo o‘qib bo‘lmaydigan darajada noaniqligidan, masxaralarga uchragan edi. Ularga chek qo‘yish maqsadida vazir o‘z imzosini o‘zgartirdi, deya xabar berdi The New York Times.

Jek Lyuning masxaraga uchragan imzosi Foto: inthecapital.streetwise.co

Jek Lyuning masxaraga uchragan imzosi Foto: inthecapital.streetwise.co

Lyuning yangi dastxati AQSh moliya vazirligi saytida ko‘rsatilgan. U Amerika kupyurasining yangi adadiga joylashtiriladi.

Jek Lyu 2013-yilning fevral oyida AQSh moliya vaziri lavozimiga tayinlangan edi. Shundan ko‘p o‘tmay, uning bir nechta xalqalardan iborat zanjirga o‘xshagan imzosi OAV e’tiboriga tushgan. U ko‘plab hajviy ko‘rsatuvlarda muhokama qilingan.

Lyuning yangi imzosi Foto: AFP

Lyuning yangi imzosi Foto: AFP

Moliya vazirligi Lyuning dastxatini nima sababdan o‘zgartirgani haqidagi savollarga javob berishdan bosh tortmoqda. Biroq, uning yangi imzoni ataylabdan mashq qilmaganini ta’kidlashdi.

AQSh moliya vazirligi rahbarining imzosi Amerika dollariga beriladigan rasmiy bezakning bir qismi hisoblanadi. Yangi rahbar tayinlangach, 18 hafta ichida dollarning yangi nusxasi tayyorlanadi. Moliya vaziri 10 marta qo‘l qo‘yishi kerak, shundan keyin banknotlarda bosish uchun eng muvofiq imzo tanlab olinadi.