Olmaning nordon ta’miga to‘yingan ushbu pirog yozning jazirama kunlarida oilangizning choy dasturxonida o‘zgacha o‘ringa ega bo‘ladi. Uni albatta tayyorlab ko‘ring!

f69-yablochnyj-pirog

Zaruriy masalliqlar:

Xamiriga:

  • 100 g margarin
  • 100 g smetana
  • 200 g un
  • 3 osh qoshig‘ida shakar
  • 1 choy qoshig‘ida yumshatgich (razrixlitel)

Ichiga:

  • 500 g nordon ta’mli olma

Ustiga:

  • 200 g smetana
  • 150 g shakar
  • 1 ta tuxum
  • 2 osh qoshig‘ida un

0

Tayyorlanishi:

1. Pirog xamirini tayyorlash uchun yumshagan margarinni shakar bilan aralashtiramiz.

01

2. Smetana qo‘shib, yana aralashtiramiz.

02

3. Un, yumshatgichni qo‘shib, aralashtiramiz va qo‘limiz yordamida xamirni dumaloq shaklga keltiramiz. Sovitgichda 20-30 minutga qoldiramiz.

03

4. Endi ustiga quyiladigan aralashmani tayyorlaymiz. Smetana, shakar, tuxum va unni idishda aralashtirib, mikser yordamida biroz ko‘pirtiramiz.

04

5. Olmalarning po‘stlog‘ini olib tashlab, mayda va yupqa qilib to‘g‘raymiz.

05

6. Xamirni sovitgichdan olib, formaga chetlarini biroz chiqarib yoyib qo‘yamiz.

06

7. Xamir ustiga olma bo‘lakchalarini terib chiqamiz.

07

8. Ustiga quyish uchun tayyorlagan aralashmamizni olmalar yuziga ehtiyotkorlik bilan quyamiz. U butun pirog yuzasini qoplashi kerak. 180 gradus issiqlikda qizdirilgan duxovkada taxminan 50 daqiqa davomida pishiramiz.

08

9. Pirog pishib chiqqach, uni biroz sovitamiz.

09

Olmali pirogimiz tayyor. Yoqimli ishtaha!