AQShning Michigan shtati Oklend okrugidagi xalqaro aeroportda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. WXYZ telekanali saytida xabar berilishicha, to‘rt kishi: uch erkak va bir ayol halok bo‘lgan.

Foto: wxyz.com

Foto: wxyz.com

Samolyot ichida bo‘lgan uch kishi voqea joyida, qolgan bir kishi shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot aeroport hududida havoga ko‘tarilib, 30 metrcha balandlikka chiqqan. Uchuvchi burilish uchun ruxsat so‘ragan, shundan keyin samolyot qulab tushgan. Voqea sabablari haqida rasmiy xabar berilmagan, biroq samolyotning me’yoridan ortiq darajada og‘ir bo‘lib ketgani bunga sababchi bo‘lganligi taxmin qilinmoqda.

Aniqlanishicha, samolyot bir dvigatelli va to‘rt o‘rindiqli Cessna 172 bo‘lgan.