Ayni damda, barcha bilim yurtlarida imtihon topshirish vaqti ketmoqda. Bu damda nafaqat talaba va o‘quvchilar, balki ularni deb jon kuydiruvchi ota-onalari ham birdek sarosimaga tushadilar.

Fransiya hukumati organlari tomonidan 19 yoshli maktab bitiruvchisining taqdiri hal bo‘lish arafasida. Sababi shundaki, ingliz tili fani bo‘yicha bitiruv imtihonini o‘quvchining onasi uning o‘rniga topshirib chiqqan.

Foto: woman-project.com

Foto: woman-project.com

52 yoshli ayol yoshlarning jinsi kiyimida imtihonga tashrif buyurgan va uch soatlik yozma ishni hech qanday qiyinchiliksiz topshirgan. Ayol o‘ziga ishongan holda auditoriyani tark etayotgan mahal militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Mazkur yolg‘onni yosh o‘quvchisidan bir necha kun avval imtihon olgan falsafa fanining domlasi fosh etdi.

Hozirda maktab o‘quvchisi jazo haqidagi qarorni kutmoqda. Bu qiz onasining imtihon topshirganligi sababli maktabga katta miqdordagi jarima pulini to‘lashi yoki imtihonlardan butunlay chetlashtirilishi mumkin.

Nima ham deymiz? Haqiqatni yashirsangiz, isitmasi oshkor qiladi.