Yakshanba kuni kechqurun ichida 50 kishi bo‘lgan avtobus Chernogoriyada halokatga uchradi, deya xabar berdi Agence France-Presse.

Kolashin — Podgoritsa trassasidagi halokat joyi. Foto: AFP

Kolashin — Podgoritsa trassasidagi halokat joyi. Foto: AFP

Sayohatchilar avtobusi jarlikdan pastga qulagan. Natijada 16 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, 32 nafari esa jarohat olgan, ulardan 7 kishi og‘ir ahvolda. Jarohat olganlar orasida bir yosh bola ham bor. Yo‘lovchilarning ko‘pchiligini yoshi kattalar tashkil qilgan. Halok bo‘lganlarning barchasi Ruminiya fuqarosi bo‘lgan.

Jabrlanganlar jonlantirish bo‘limiga olib ketilmoqda. Foto: mahalliy RTCG kanali kadri

Jabrlanganlar jonlantirish bo‘limiga olib ketilmoqda. Foto: mahalliy RTCG kanali kadri

Ushbu halokat mahalliy vaqt bilan 17:00 da Kolashin – Podgoritsa trassasida Morach monastiri hududida ro‘y bergan. Halokat sababi hali aniqlanmagan. Avtobus qarama-qarshi yo‘lga chiqib, ko‘prik to‘sig‘ini urib o‘tgan va 30-40 metr balandlikdan tushib ketgan.

Mahalliy hokimiyat va Ruminiyaning Chernogoriyadagi elchisi jarohatlanganlarni evakuatsiya qilishda yordam bergan va jabr ko‘rganlar uchun qon berishga kelgan aholiga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.