AQShning Florida shtati Loderxill shahridagi savdo markazida 25-iyun kuni ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi. Ko‘pchiligini o‘smirlar tashkil qilgan yuzlab odamlar ushbu do‘konga yopirilib kirgan va katta tartibsizlikni yuzaga keltirgan.

Foto: nbcmiami.com

Foto: nbcmiami.com

NBC Miami kanalining xabar berishicha, janjalda ikki kishi jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan biri boshiga kelib tushgan qattiq zarbadan shikastlangan.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar olomonni tarqatib yuborgan. Mushtlashuvlarning batafsil sababi hali keltirilmagan bo‘lsa-da, politsiya ma’lumotlariga qaraganda, uning ba’zi ishtirokchilari, Twitter yoki Facebook ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan xabar orqali bu yerga kelganligini aytgan. Ushbu xabarda ikki nafar qizning janjallashish niyatida shu manzilga kelishi aytilgan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqning boshqa foydalanuvchilari ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun taklif qilingan.