Qadimda adras eng dabdabali matolardan hisoblangan. Keyinchalik uni tayyorlash texnikasi uzoq vaqt davomida unutib yuborildi. So‘nggi o‘n yil ichida esa nomlari dunyoga mashhur bo‘lgan qator dizaynerlar adras naqshini o‘z to‘plamlarida ishlata boshladi. Ular Oscar De La Renta, Balenciaga, L.A.M.B., Naeem Khan, Farah Angsana va boshqalardir.

roberto-cavalli-resort-r29

Yaqinda Roberto Cavalli Resort 2014 to‘plamini taqdim etdi. Ushbu to‘plamning asosiy yo‘nalishi sifatida tanlangan adras naqshini ko‘rish naqadar yoqimli! Shunday qilib, bizning milliy naqshimiz matoni bo‘yash va to‘qimachilikning o‘ziga xos texnologiyalarini qo‘llagan holda dunyo podiumlarida namoyish etildi. Roberto Cavalli to‘plamining eng yaxshi modellarini tomosha qilamiz.

roberto-cavalli-resort-r27

roberto-cavalli-resort-r28

roberto-cavalli-resort-r25

roberto-cavalli-resort-r30

roberto-cavalli-resort-r21

Dunyo podiumlarini zabt etayotgan adras ko‘zni quvontiradi, albatta. Biroq o‘zimizning dizaynerlarimiz-chi? Adras ularning ijodida qanday rol o‘ynaydi? Keyingi maqolalarimizda bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.

Rasmlar etoday.ru saytidan olindi.