Jazirama kunlarda ushbu muzqaymoq sizga salqinlik baxsh etadi. Uning yorqin bananli ta’mi va kremli rangi ishtahangizni ochib yuboradi. Bananli muzqaymoq farzandlaringizga ham xush kelishi shubhasiz.

f299-bananovoe-morojenoe

Zaruriy masalliqlar:

  • 2 dona banan
  • 100 ml qaymoq (yog’lilik darajasi 10—20%)
  • 1 osh qoshig‘ida shakar upasi
  • 1 osh qoshig‘ida limon sharbati

0

Tayyorlanishi:

1. Bananlarni tozalab, bo‘laklarga bo‘lamiz va 3-4 soatga muzlatkichga qo‘yib, muzlatamiz.

01

2. Banan bo‘laklarini blender yoki mikser yordamida maydalaymiz.

02

3. Yaxshilab maydalashda davom etamiz. Dastlab, bananlar uvalanib, notekis massa hosil bo‘ladi, biroq, ezishda davom etaversangiz, u silliq kremga aylanadi.

03

4. Tayyor bo‘lgan aralashmaga qaymoq, shakar upasi va limon sharbatini qo‘shib, aralashtirishda davom etamiz.

04

5. Hosil bo‘lgan massani idishga solib, 1—2 soatga muzlatkichga qo‘yamiz.

05

6. Bu vaqt ichida uni muzlatkichdan bir necha marta olib, bir tekisda muzlashi uchun vilka bilan aralashtirib turamiz.

06

7. Muzqaymoq uchun maxsus yoki oddiy qoshiq yordamida muzqaymoqni idishchalarga qo‘yib, qirg‘ichdan o‘tkazilgan shokolad yoki yong‘oq bilan bezatishingiz mumkin.

f299-bananovoe-morojenoe

Bananli muzqaymoq tayyor. Yoqimli ishtaha!