Pul sarflash juda oson va yoqimli ish ;) Ammo, afsuski, har kim ham uni to‘g‘ri sarf qilish uddasidan chiqa olmaydi. Agar siz oylikdan oylikka zo‘rg‘a yetishdan charchagan bo‘lsangiz, unda pulni to‘g‘ri sarflashni o‘rganish vaqti keldi.

1. Chiqimlarni nazorat qiling

foto: sheknows.com

foto: sheknows.com

Barcha chiqimlarni hisoblang: kommunal to‘lovlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, yo‘l kira xarajatlari, aloqa va internet hamda ko‘chadagi tushliklar. Bundan tashqari, har zamondagi chiqimlar: stomatolog, sartarosh, dori-darmon va h.k.larga ketadigan xarajatlarni ham qo‘shish esdan chiqmasin. Kirimlarni hisoblang va chiqimlarni undan ayiring. Bu holatda o‘z-o‘zidan mablag‘ingiz ikkiga bo‘linadi: sarf qiladigan mablag‘ va olib qo‘yadigan mablag‘. Mana shu ish pulni to‘g‘ri sarflashning birinchi qoidasidir.

2. Uzoq vaqtga yetadigan mahsulotlarni xarid qilmang

foto: fresh-market.pl

foto: fresh-market.pl

Faqatgina, juda zarur va kerakli mahsulotlarni sotib oling. Chunki, avval eski narsalardan qutilish kerak. Butunlay tugaganidan so‘ng yana sotib olish maqsadga muvofiqdir.

4. Narxlarni solishtiring

foto: friendsofqueensmarket.org.uk

foto: friendsofqueensmarket.org.uk

Biron bir qimmatbaho narsa sotib olishdan oldin, qayerlarda bunday narsa arzon ekanligini bilishga harakat qiling! Internet va reklamalardan qayerlarda mavsumiy chegirmalar ketayotgani bilan qiziqing.

5. Kiyimlarni mavsumida xarid qilmang

foto: info.shiftelearning.com

foto: info.shiftelearning.com

Chunki bahor va yoz fasllarida palto va etiklar narxi qishdagiga qaraganda ikki barobar arzon bo‘ladi. Hech qaysi brend va markalar mavsumiy bo‘lmagan tovarlar narxini tushirmasdan qolmaydi. Lekin, shu o‘rinda ta’kidlash joizki, arzon narxga uchib sifatsiz tovar olib qo‘yishdan ehtiyot bo‘ling. Chunki, bu sizga ikki barobar xarajat olib kelishi mumkin.

6. Och qorinda xaridga otlanmang

foto: thekrazycouponlady.com

foto: thekrazycouponlady.com

Aks holda, xarid mobaynida aqlingiz bilan emas, mahsulotlarni yeyish istagidagi oshqozoningiz bilan xarid qilasiz. Bu esa, rejada yo‘q bo‘lgan chiqimlar sababchisiga aylanishi mumkin.

Aziz o‘quvchilar, siz pulni to‘g‘ri sarf qilishning yana qanday yo‘llarini bilasiz? Fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashing.