Yahoo! kompaniyasiga tegishli bo‘lgan AltaVista qidiruv tizimi 2013-yil 8-iyuldan o‘z faoliyatini tugatadi, deya xabar beriladi Yahoo!’ning Tumblr ijtimoiy tarmog‘idagi blogida. Foydalanuvchilarga AltaVista’dan Yahoo! Search xizmatiga o‘tish taklif qilinmoqda.

AltaVista qidiruv tizimi

AltaVista qidiruv tizimi

Yahoo! AltaVista’ning yopilishi haqida ilk bora rasmiy xabar bermoqda. 2010-yilda ushbu qidiruv xizmatining yopilishi to‘g‘risida gap-so‘zlar tarqalgan bo‘lsa-da, u Yahoo! tomonidan rasman tasdiqlanmagan edi. Iyul oyi boshida AltaVista bilan bir qatorda, Yahoo!’ning boshqa xizmatlari, shuningdek, RSS Alert, Neighbours va FoxyTunes ham yopiladi.

AltaVista qidiruv tizimiga 1995-yilda asos solingan. 2000-yillar boshida eng ommabop qidiruv xizmatlaridan biriga aylangan bo‘lsa-da, keyinchalik, Google bilan raqobatga dosh berolmadi. 2003-yilda esa Yahoo! uni sotib oldi.

Ayni paytda AltaVista qidiruv so‘rovlarini Yahoo! Search’ga yo‘naltirmoqda.