1-iyul kuni Xorvatiya rasman Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Agence France-Presse xabar berishicha, mamlakat YIning 28-a’zosiga aylandi. Xorvat tili esa ittifoqning 24-rasmiy tili bo‘ldi.

Yevroqo‘mita Zagrebda. Foto: top.rbc.ru

Yevroqo‘mita Zagrebda. Foto: top.rbc.ru

Xorvatiya aholisi butun mamlakat bo‘ylab ushbu quvonchli hodisani nishonlamoqda. Asosiy bayram tadbirlari Zagreb markaziy maydonida o‘tkazilmoqda.

1-iyuldan Xorvatiya vakillari YI organlarida rasman ishlashni boshladi. Xorvatiya hukumatining bosh vazir o‘rinbosari Neven Mimitsa iste’molchilar huquqlari himoyasi bo‘yicha komissar bo‘ldi. Yevroparlamentda Xorvatiya 12 o‘ringa ega bo‘ldi (umumiy o‘rinlar soni 766 ta). 2013-yilning aprelida Xorvatiyada bo‘lib o‘tgan Yevroparlamentga saylovlarda eng ko‘p ovoz to‘plagan partiyalar vakillari deputatga aylandi.

Shuningdek, 1-iyuldan Zagrebdagi YI delegatsiyasi o‘rnida Yevroqo‘mita vakolatxonasi ochildi.

Xorvatiyaning YI ga qo‘shilishi haqidagi bitim 2011-yilning dekabrida imzolangan edi. 2012-yil yanvarda referendum o‘tkazilib, unda aholining ko‘pchiligi integratsiya tarafdori bo‘lib chiqqan edi.