Armaniston Prokuraturasining  95 yillik yubileyi vaqtida tadbir mehmonlaridan biri stullardan o‘ziga yotoq yasab, uxlab qolgan. Lur.am ma’lumotiga ko‘ra, u chet el delegatsiyasining a’zolaridan biri bo‘lgan. Biroq “uyquchi”ning shaxsi aniqlanmagan.

foto: lur.am

foto: lur.am

Ma’lumotlarga ko‘ra, chet ellik vakil Armaniston bosh prokurori Agvan Ovsepyan bilan uchrashuv o‘tkazilayotgan xonaga kirib, bir nechta stulni birlashtirgan, pidjak va tuflisini yechib, yotib uxlab qolgan. Regnum agentligining xabar berishicha, delegat uyquda vaqti, Armaniston Kipr va Moldaviya bilan bitim  imzolagan.

U qarsaklar chalinganidan keyingina uyg‘ongan. Ovsepyan mehmonning bu harakatiga qanday munosabat bildirgani noma’lum.

95 yillik yubileyni nishonlash uchun Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Gruziya, Moldaviya, Chexiya va Kipr prokuraturalaridan delegatsiyalar kelgan. Bundan tashqari, Belorussiya va Xitoy vakillari ham marosimga tashrif buyurgan.