Shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning farzandi bilan bir kunda dunyoga keladigan britaniyalik bolalar sovg‘a sifatida maxsus kumush pennini qo‘lga kiritadi, deya xabar berdi Rossiyaning Birinchi kanali.
Qirollik zarbxonasi allaqachon bunday pennilarni 2 ming donadan ko‘proq miqdorda tayyorlab qo‘ygan. Har birining narxi 28 funt sterlingni tashkil etadi. Ularda mamlakat gerbi tasvirlangan.
Bunday maxsus pennilarni qo‘lga kiritish uchun, ota-onalar farzandi tug‘ilganidan boshlab 2 oy ichida internet orqali talabnoma yuborishi kerak. Unga bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi ham ilova qilinishi lozim.
Qirollik oilasining iyul oyi o‘rtalarida kengayishi kutilmoqda.