Hot-dog yeyish bo‘yicha chempion Joi Chesnat 10 daqiqa ichida 69 ta hot-dogni paqqos tushirib, yangi rekord o‘rnatdi, deya xabar berdi Associated Press.

Joi Chesnat (o‘rtada) va raqiblari. Foto: Associated Press

Joi Chesnat (o‘rtada) va raqiblari. Foto: Associated Press

Chesnat bunday natijani  Amerika Mustaqilligi kunida Nyu-Yorkda har yili o‘tkaziladigan hot-dog yeyish chempionatida ko‘rsatdi. Undan keyingi o‘rinni 51 ta hot-dog bilan Mett Stoni egalladi.

29 yoshli Chesnat bu yil ketma-ket 7-marotaba ushbu musobaqa g‘olibiga aylandi. Bundan oldingi rekord ham uning o‘ziga tegishli edi.

Ayollar orasidagi musobaqada esa 45 yoshli Sonya Tomasning qo‘li baland keldi. U 10 daqiqa ichida 36 ¾ dona hot-dog tanovvul qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchilik esa 36 ta hot-dog yegan Julyet Liga nasib qildi. Tomas ham mazkur chempionatning qadrdon ishtirokchisi bo‘lib, 3 yildan buyon uning ayollar orasidagi g‘olibi bo‘lib kelmoqda.

Hot-dog yeyish musobaqasi bu yil 98-bora o‘tkazildi. Uchta o‘rin g‘oliblari 10 ming, 5 ming va 2,5 ming dollardan mukofotga ega bo‘ldi.